O?ZBEKISTON-LATVIYA SIYOSIY MASLAHATLASHUVLARI TO’G’RISIDA

29.03.2019 15:19

2019-yilning 28-mart kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston-Latviya vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarining 14-raundi bo‘lib o‘tdi.

Delegatsiyalarga O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov va Latviya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Davlat kotibi o‘rinbosari, siyosiy direktori Yanis Majeykis rahbarlik qildilar.

Maslahatlashuvlarda ikki tomonlama hamkorlik, shu jumladan, BMT doirasida va “O‘zbekiston-Yevropa Ittifoqi” shaklidagi aloqalarning bugungi holati va istiqbollari batafsil muhokama qilindi, shuningdek, qator xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Bugungi kunda ikki mamlakat o‘rtasida siyosiy, iqtisodiy va boshqa ko‘rinishda hech qanday muammo mavjud emasligi ta’kidlandi. 1992-yilda diplomatik aloqalar o‘rnatilganidan buyon turli sohalarda samarali hamkorlikda katta tajriba to‘plangan.

Savdo-iqtisodiy, investitsion aloqalarni chuqurlashtirishga o‘zaro qiziqish bildirildi. Hozirgi vaqtda Latviya O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqidagi asosiy savdo sheriklaridan biri hisoblanadi. 2018-yili o‘zaro tovar aylanmasi 429,5 mln. AQSh dollarini tashkil etib, bu o‘tgan yilga qaraganda deyarli 50% ga ko‘pdir.

Tovar va xizmatlar nomenklaturasini kengaytirish orqali o‘zaro mahsulot yetkazib berishni diversifikatsiya qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Shu o‘rinda Toshkent shahrida O‘zbekiston-Latviya Biznes hamkorlik kengashining birinchi majlisini o‘tkazish muhim ahamiyat kasb etadi.

Turizm, madaniyat, ilm-fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlikni chuqurlashtirish istiqbolli hisoblanadi.

O‘zbekiston-Latviya munosabatlarining butun kun tarribi yuzasidan fikr almashildi va yaqin kelajakda hamkorlikni mustahkamlashning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi.

* * * 

Shu kunning o‘zida O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Latviya delegatsiyasi bilan uchrashdi. Uchrashuvda Afg‘onistondagi ijtimoiy-iqtisodiy tiklanishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish doirasida hamkorlik yuzasidan fikr almashildi.

Muzokaralarda Latviya Elchisi Mixails Popkovs ishtirok etdi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net