2018-yilning 23-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Brussel shahrida bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” mintaqalararo vazirlar uchrashuvida ishtirok etdi.
Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston va Yevroittifoq tashqi siyosat idoralari rahbarlari tomonidan siyosiy, iqtisodiy, investitsion sohalardagi, barqaror rivojlanish, iqlim o‘zgarishi, atrof-muhit, suv manbalari va xavfsizlik jabhalaridagi hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollarini batafsil muhokama qilindi.
Markaziy Osiyo davlatlari vakillari 2019-yil so‘ngiga qadar Markaziy Osiyo bo‘yicha yangi strategiyani ishlab chiqish va qabul qilish borasidagi YIning qarorini qo‘llab-quvvatladilar hamda uning samaradorligini oshirish bo‘yicha aniq takliflar berdilar.
Yalpi majlislar va boshqa shakldagi uchrashuvlar chog‘ida mintaqaviy va xalqaro siyosat masalalari yuzasidan fikr almashildi.