2019-yilning 30-aprel kuni bir qator OAVda Tula viloyatining Uzlovaya shahrida (Rossiya) O‘zbekiston fuqarosining o‘ldirilganligi to‘g‘risida axborot tarqaldi. Mamlakatimizning Moskva shahridagi Elchixonasi Konsullik bo‘limi tomonidan olingan dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismida (odam o‘ldirish) ko‘zda tutilgan jinoyat alomatlari bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan. Mazkur qotillikni amalga oshirganlikda gumonlanayotgan 34 yoshli erkak qo‘lga olingan.
Joriy yilning 23-25 aprel kunlari Misr Arab Respublkasining Matrux universitetida “Movarounnaxrning Islom sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Muzrabоt tumanidagi «Yangiobod invest servis» xususiy korxonasi faoliyati bilan tanishdi.