XALQARO OAV: QADIMIY SAN`AT AN`ANALARIGA EGA TERMIZDA BAXSHICHILIK FESTIVALI O`TKAZILMOQDA

07.04.2019 11:03

Termiz shahrida o`tkazilayotgan xalqaro baxshichilik san`ati festivali san`at olamidagi eng muhim tadbirlardan biri sifatida xalqaro jamoatchilikda katta qiziqish uyg`otmoqda.

Shu munosabat bilan festival, uning doirasida o`tkazilayotgan uchrashuv va muhim voqelik yuzasidan xorijiy ommaviy axborot vositalarida qator xabar va maqolalar e`lon qilib borilmoqda.

Xususan, Ukrainaning “Strana” internet-nashrida “O`zbekistonda eng katta so`zana tikildi” mavzusida ma`qola chop etildi. Unda “5-10 aprel kunlari Termizda o`tkazilayotgan Xalqaro baxshichilik san`ati festivali munosabati bilan O`zbekistonda dunyodagi eng yirik ipak gilam - so`zana tikildi”, deyiladi.

Xabarda so`zana va uning yaratilish tarixi, ushbu mehnat turi, usta-tikuvchilarning faoliyati, festival va uning o`tkazilishi haqida batafsil ma`lumotlar keltirilgan.

Ozarbayjonning “Yenicag” axborot portalida mavzuga oid berilgan xabarlarda festival O`zbekistonning eng janubiy mintaqasi, o`ziga xos qadimiy san`at an`analariga ega Termiz shahrida o`tkazilishi haqida ma`lumotlar keltiriladi.

“YuNESKO shafe`ligida o`tkazilayotgan ushbu tadbirda dunyoning 20 dan ortiq davlatidan 60 ga yaqin ijrochilar ishtirok etmoqda. San`at olamidagi ushbu muhim tadbirni yoritish maqsadida dunyoning 18 davlatidan 250 dan ortiq ommaviy axborot vositalari hodimlari tashrif buyurgan. 

Mehmonlar, shuningdek, Surxondaryodagi Fayoztepa, Kampirtepa tarixiy manzilgohlar, Sulton Saodat va At-Termiziy kabi o`nlab ziyoratgohlarda bo`lish imkoniyatiga egalar”, deyiladi “Yenicag” xabarida.

Xitoyning “jenmin jibao” gazetasi ham xalqaro maydonda yuz berayotgan muhim voqea-hodisalar haqidagi xabarlarni tarqatuvchilar ichida etakchilar biri sifatida o`z sahifalarida Termiz shahrida o`tayotgan ajoyib va betakror tantanalar haqida ma`lumotlar chop etgan. Xususan, nashrda e`lon qilingan maqolada quyidagilar qayd etiladi: “Tadbir O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan ilk bor o`tkazilmoqda. Festival yoshlarni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, xalqlar o`rtasidagi madaniy aloqalarni yanada mustahkamlash kabi ezgu maqsadlarga xizmat qilishi bilan ahamiyatli. Uning doirasida turli ilmiy konferentsiyalar, ijodiy uchrashuvlar ham o`tkazilmoqda. 

Tadbirga keng hozirlik ko`rilgan. Baxshichilik tarixi, ushbu san`at turining o`ziga xos maktablari haqida ma`lumot beruvchi ilmiy-ommabop kitoblar chop etilgan. Unda ko`plab davlatlar qatori Xitoy Xalq Respublikasi vakillari ham ishtirok etmoqda”.

Ushbu xaqaro festival tafsilotlari, shuningdek, “Trend az”, “Kazinform”, “BelTa”, “REGNUM”, “Daily Sabah”, “Devdiscourse”, “AKI Press” kabi qator xorijiy axborot tarmoqlarida ham keng yoritib borilmoqda.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net