TIV KONSULLIK-HUQUQIY DEPARTAMENTI AXBOROTI1

10.05.2019 12:02

O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi Elchixonasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra 2019-yilning 9-may kuni ichida o‘zbekistonlik talabalar Mutal Yuldashev (1997-yilda tug‘ilgan) va Farrux Muminov (1996-yilda tug‘ilgan) bo‘lgan Seul shahridagi kvartirada mahalliy vaqt bilan taxminan soat 14:30da yong‘in sodir bo‘lgan. Natijada F.Muminov voqea joyida vafot etgan. M.Yuldashev ikkinchi darajali kuyish jarohatini olgan va shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish uchun Hanil kasalxonasiga olib borilgan.

Konsul va yaqin do‘stlari ishtirokida marhumni aniqlash borasida amaliyot o‘tkazildi. Diplomatik vakolatxona vakillari M.Yuldashevning ahvolidan ham xabar oldi. Vrachlar bemorning holatini og‘ir deb baholamoqda.

Hozirda politsiya tomonidan yong‘in sabablarini va hodisaga sabab bo‘lgan boshqa barcha omillarni aniqlash uchun tergov olib borilmoqda.

O‘zbekiston fuqarolari bilan bog‘liq mazkur holatni Elchixona nazoratda ushlab turibdi, Hanil kasalxonasi rahbariyati bilan muloqotda bo‘lib turibdi va fuqaromiz jasadini Vatanga jo‘natish masalasi ustida ish olib bormoqda.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net