TOSHKENT, 1 dekabr. /“Dunyo” AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatida qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga tayanib.
TOSHKENT, 30-noyabr. /“Dunyo” AA/. Bugun Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” majmuasida «Ipak yo‘lida turizm» 27-Toshkent xalqaro sayyohlik yarmarkasi (TXTYA-2022) ish boshladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TOSHKENT, 30-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev rahbarligida xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish, yirik ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish chora-tadbirlari, shuningdek, 2023 yilga mo‘ljallangan Investitsiya dasturi loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TOSHKENT, 30-noyabr. /“Dunyo” AA/. Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev yerlarni auksion orqali sotishni soddalashtirishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga tayanib.
TOSHKENT, 30-noyabr. /“Dunyo” AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun O‘zbekiston Respublikasi bilan Qirg‘iz Respublikasi o‘rtasidagi davlat chegarasining alohida uchastkalari to‘g‘risidagi shartnoma hamda Andijon (Kampirobod) suv omborining suv resurslarini birgalikda boshqarish to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilishga oid qonunlarni imzoladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TOSHKENT, 30 noyabr. /“Dunyo” AA/. Bugun O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TOSHKENT, 30-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti «Jinoyatlarni tergov qilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida»gi farmonini imzoladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TOSHKENT, 28-noyabr. /“Dunyo” AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Buxoro – Urganch – Xiva temir yo‘lini elektrlashtirish loyihasi bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga tayanib.