Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV maʼlumotiga ko‘ra, muloqot chog‘ida 15-16-sentyabr kunlari Samarqand shahrida O‘zbekiston raisligida bo‘lib o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar rahbarlari Kengashi yig‘ilishining yakunlari muhokama qilindi.
Davlatlararo hamkorlikning, jumladan, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida keng qamrovli strategik sheriklik to‘g‘risidagi deklaratsiya doirasidagi aloqalarning turli jihatlari yuzasidan fikr almashinildi
O‘zbekiston va Rossiyaning ikki hamda ko‘p tomonlama kun tartibidagi barcha yo‘nalishlar bo‘yicha aloqalarni jadallashtirishga tayyorligi taʼkidlandi.