/"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha YXHTning mamlakatimizdagi loyihalari koordinatori Antti Karttunenni qabul qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
"YXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori Antti Karttunen janoblari bilan uchrashdik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram kanalida. – Tashkilot faoliyatining barcha uch yo'nalishi bo'yicha, ayniqsa, iqtisodiy va ekologik sohalarda qo'shma loyihalarni ishlab chiqish doirasida faol hamkorlik qilmoqdamiz. YXHTga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni doimiy qo'llab-quvvatlab kelayotgani uchun o'z minnatdorligimizni bildiramiz".
"Dunyo" AA olgan surat