O'zbekiston Prezidenti telefon orqali Misr yetakchisini saylovdagi ishonchli g'alabasi bilan tabrikladi

21.12.2023 03:36

/"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi bilan telefon orqali muloqotda uni Prezident saylovida qozongan ishonchli g'alabasi bilan samimiy qutladi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, saylovchilarning faol ishtiroki va ovoz berish natijalari do'st Misr xalqi amaldagi davlat rahbarining siyosati va islohotlar dasturini keng qo'llab-quvvatlayotganidan dalolat ekani qayd etildi.

 

O'zbekiston-Misr keng ko'lamli sheriklik munosabatlarini yana-da mustahkamlash va ko'p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari ko'rib chiqildi.

 

Joriy yil fevral oyida Qohiraga oliy darajali tashrif davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga alohida e'tibor qaratildi.

 

Muloqot va almashinuvlar faol davom etayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. O'zaro savdo hajmi oshib bormoqda. Qishloq xo'jaligi, geologiya, suv ta'minoti, transport, logistika, kimyo sanoati va boshqa ustuvor sohalarda kooperatsiya loyihalari boshlandi.

 

Ikki tomonlama Hukumatlararo komissiya va Ishbilarmonlar kengashining navbatdagi yig'ilishlarini o'tkazish kelishib olindi.

Xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

 

O'zbekiston Prezidenti matbuot xizmati arxividan olingan surat

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net