AQSHNING BIRINCHI SERTIFIKATLANGAN SAVDO MISSIYASI TASHRIFINI TASHKILLASHTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

12.06.2019 11:20

2019-yilning 7-iyun kuni mamlakatimizning Vashington shahridagi Elchixonasida birinchi sertifikatlangan AQSh savdo missiyasining O‘zbekistonga tashrifini amalga oshirishga tayyorgarlik jarayonini muhokama qilish maqsadida AQSh Savdo vazirligining Yevroosiyo mamlakatlari ofisi direktori Metyu Edvards bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

2018-yilning oktabr oyida Toshkent shahrida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va AQSh savdo vaziri Uilbur Ross o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralar davomida erishilgan kelishuvlarga muvofiq 18-20-iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan savdo missiyasi AQSh Savdo vazirligi tomonidan Amerika savdo palatasi hamda AQSh-O‘zbekiston savdo palatasi bilan birgalikda tashkillashtirilmoqda.

 Biznes-missiya tarkibiga iste’mol tovarlar ishlab chiqarish, sog‘liqni saqlash va farmasevtika, qurilish, geologiya, metallurgiya, aviatsiya, logistika, qishloq xo‘jaligi, chorvachilik, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, dasturiy ta’minot va ta’lim kabi sohalarda faoliyat yuritadigan AQShning 20ga yaqin yirik kompaniyalari kiritilishi rejalashtirilmoqda.

 ugungi kungacha 13 ta kompaniya mazkur missiyada o‘z ishtirokini tasdiqladi. Ular orasida AQShning eng yirik 500 korporatsiyalari ro‘yxati – “Fortune 500” tarkibiga kiruvchi gigiyena, kosmetika va maishiy texnika ishlab chiqarish bo‘yicha transmilliy konglomerat “Procter&Gamble”, tibbiy uskuna va farmasevtik preparatlar ishlab chiqarishda yetakchi, 160 mamlakatda faoliyat yuritadigan va yurak yetishmovchiligini davolash uchun kardiostimulyator ishlab chiqarishda dunyo lideri hisoblanadigan “Medtronic” hamda butun dunyo bo‘ylab 25 mingga yaqin yirik loyihalarni amalga oshirgan, jumladan uzunligi bo‘yicha dunyoda 3-o‘rinda turadigan La-Mansh ostidan o‘tuvchi temir yo‘l tunneli, Gonkong va Dohadagi (Qatar) xalqaro aeroportlar qurilishida ishtirok etgan mashxur “Bechtel” qurilish firmasi bor. Savdo missiyasida jami 25-30 ga yaqin AQSh biznes vakillari ishtiroki kutilmoqda.

 AQSh kompaniyalari tashrifi doirasida “G2B” va “В2B” shakllarida biznes-forum va kooperatsion birja o‘tkazish ham ko‘zda tutilgan.

 Umuman olganda mazkur tashrif ikki mamlakat biznes-hamjamiyatlari o‘rtasida ko‘p qirrali sherikchilikni kengaytirish uchun platformaga asos solishi kutilmoqda. Muzokaralar davomida kuzda Vashington shahrida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston-AQSh biznes forumi doirasida qat’iy bitim shaklida rasmiylashtirish mumkin bo‘lgan aniq amaliy natijalarga erishish rejalashtirilmoqda.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net