/“Dunyo” AA/. O‘zbekistonda 2023 yilning yanvar - mart oylari mobaynida yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 23 230 tani (fermer va dehqon xo‘jaliklari bundan mustasno) tashkil etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
/“Dunyo” AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyev oziq-ovqat tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
/“Dunyo” AA/. Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyevning Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Alisher Navoiy davlat amaldorlarini fuqarolar muammolarini hal qilish borasidagi faoliyati nuqtayi nazaridan “ahli maʼno” va “ahli surʼat” toifasiga boʻlgani haqida maʼlumotlar bor. “Ahli maʼno” toifasidagi amaldorlar oddiy insonlar muammolarini davlat manfaatlaridan kelib chiqqan talab va imkonlarni uygʻunlashtirgan holda hal etgan. Ular vaziyatni chuqur tahlil qilish asnosida qarorlar qabul qilish, ijtimoiy muammolarning kelib chiqish sabablarini oʻrganib, oldini olish boʻyicha aniq choralar koʻrish qobiliyatiga ega boʻlgan. Bu toifadagi amaldorlar fuqarolarga eʼtibor koʻrsatib, odob va hurmat bilan suhbatlashadigan davlat vakili sifatida boshqalardan ajralib turgan.