O?ZBEKISTON-QOZOG?ISTON SIYOSIY MASLAHATLASHUVLARI TO?G?RISIDA

27.02.2019 14:32

2019-yilning 26-fevral kuni Ostona shahrida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston-Qozog‘iston siyosiy maslahatlashuvlarining navbatdagi raundida ishtirok etdi.

Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasiga vazir o‘rinbosari G‘alimjan Qoyshibayev boshchilik qildi.

 Ikki tomon kun tartibining deyarli barcha masalalari, jumladan xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi hamkorlik mavzulari batafsil muhokama qilindi.

 Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlarining qat’iy siyosiy irodasi tufayli mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar bugun hamkorlikning barcha jabhalarida yangicha sur’at kasb etmoqda. Xususan, O‘zbekiston tomonining ma’lumotiga ko‘ra 2018-yilda o‘zaro savdo deyarli 50%ga o‘sib, 3 mlrd. AQSh dollaridan ortiq summani tashkil etdi. Shunga o‘xshash jarayon hamkorlikning boshqa yo‘nalishlarida ham kuzatilmoqda.

 Siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, transport-kommunikatsion, turizm, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ko‘p qirrali aloqalarni o‘zaro manfaatdorlik asosida yanada oshirishga tomonlarda birdek qiziqish borligi tasdiqlandi. Bunda Hududlararo hamkorlik forumi, Ishbilarmonlar kengashi va shu kabi hamkorlikning yangi institutlari faol rol o‘ynashi belgilangan.

 Uchrashuvda 2019-yilda O‘zbekistonda Qozog‘iston yilini o‘tkazish bo‘yicha tadbirlar rejasi yuzasidan ham fikr almashildi.

 Maslahatlashuvlar chog‘ida Toshkent shahrida o‘tkaziladigan Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining Ikkinchi Maslahat uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rish mavzusiga alohida e’tibor qaratildi. Mazkur uchrashuv 2018-yil 15-martda Ostona shahrida o‘tkazilgan birinchi uchrashuvning mantiqiy davomi bo‘lishi kutilmoqda.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net