TOSHKENT, 15-avgust. /"Dunyo" AA/. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov amaliy tashrif bilan Turkmanistonda bo‘ladi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri TIV matbuot xizmatiga tayangan holda.
U ikki mamlakat tashqi siyosat mahkamalari rahbarlari darajasidagi vazirliklararo maslahatlashuvlarning navbatdagi raundida ishtirok etadi.
Safar 16-avgust kuni bo’lib o’tadi.