HINDISTON TASHQI ISHLAR VAZIRI BILAN UCHRASHUV

02.03.2019 14:33

2019-yilning 1-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Abu-Dabi shahrida Hindiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Sushma Svaraj bilan uchrashdi. S.Svaraj Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 46-sessiyasida faxriy mehmon sifatida ishtirok etmoqda.

Tashqi siyosat idoralari rahbarlari tomonidan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning o‘tgan yil kuzida Hindistonga davlat tashrifi va joriy yilning yanvar oyida “Jo‘shqin Gujarat” xalqaro investitsion sammitida ishtiroki doirasida erishilgan oliy darajadagi kelishuvlarning amalga oshirilishi muhokama qilindi.

 Samarqand shahrida Afg‘oniston ishtirokidagi “Hindiston-Markaziy Osiyo” muloqoti birinchi vazirlar uchrashuvining muvaffaqiyatli yakunlari mamnuniyat bilan qayd etildi, ushbu tadbirda mintaqaviy hamkorlikni yanada kengaytirish, birinchi navbatda, savdo-iqtisodiy va investitsion sohalarda aloqalarni rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqilgan edi.

 Vazirlar O‘zbekiston-Hindiston va IHT Tashqi ishlar vazirlari kengashi kun tartiblaridagi masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net