GERMANIYA TASHQI ISHLAR VAZIRI BILAN UCHRASHUV

09.11.2018 17:22

2018-yilning 8-noyabr kuni Berlin shahrida hukumat delegatsiyasiga rahbarlik qilayotgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Germaniya Federativ Respublikasi Federal tashqi ishlar vaziri Hayko Maas bilan uchrashdi.

Suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari va siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda, shuningdek, “O‘zbekiston - Yevropa Ittifoqi” shaklidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Uchrashuvda ikki tomon kun tartibidagi boshqa masalalar va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashildi.

Afg‘onistondagi vaziyat muhokamasi chog‘ida, Afg‘onistonda tinch muloqotni boshlashdan tomonlar manfaatdor ekanligi tasdiqlandi va bu mamlakatdagi loyihalarni amalga oshirishda hamkorlik qilishga tayyor ekanliklari ta’kidlandi.

Shu kunning o‘zida Berlin shahrida tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundi bo‘lib o‘tdi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net