Harbiy ayollarni qo?llab-quvatlash maqsadida “To?maris” ko?krak nishonini taʼsis etildi

19.11.2022 10:56

“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidentining “To‘maris” ko‘krak nishonini taʼsis etish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Hujjatda qayd etilganidek, qadimdan ayol oilani, jamiyatni jipslashtirish, farzand dunyoga keltirish, jamiyat, davlat xdyotida faollik, tashabbuskorlik kursatish, onalik va bolalik muxrfazasiga masʼul bo‘lish hamda sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularni vatanparvarlik, istiqlol g‘oyalariga sadokdt ruhida tarbiyalash, shuningdek, milliy kddriyatlarimizni kengtartib etish timsoli sifatida ulug‘lanadi.

Taʼkidlash kerakki, milliy armiyamizning nufuzi va jangovar qudrati yuksalishida erkak xarbiy xizmatchilar bilan bir qatorda yelkama-yelka xizmat qilayotgan ayol harbiy xizmatchilarning mehnati beqiyos.

 Qarorda qayd etilganidek, O‘zbekiston mudofaa qudratini yuksaltirish, jamiyatimizda hukm surayotgan millatlararo totuvlikni, tinchlik va barkdrorlikni asrash, munosib hissa kushayotgan ayol harbiy xizmatchilarni qo‘llab-quvvatlash makdadida “To‘maris” kukrak nishoni taʼsis etildi.

Davlatimiz rahbari qarori bilan “To‘maris” kukrak nishoni to‘g‘risidagi nizom  va “To‘maris” ko‘krak nishoni, uning guvohnomasi tasdiqlandi.

Hujjatga ko‘ra, O‘zbekistan Markaziy bankining «Davlat belgisi»  davlat unitar korxonasi tegishli vazirlik va idoralarning buyurtmalariga asosan “To‘maris” ko‘krak nishoni va uning guvohnomasini belgilangan tartibda tayyorlaydi.

Qarorga muvofiq, “To‘maris” ko‘krak nishoni va uning guvohnomasini tayyorlash hamda mukofotlanganlarni takdirlash bilan bog‘liq xarajatlar byudjet mablag‘lari, byudjetdan tashqari mablag‘lar va  qonunchilikda taqiqlanmgan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

Ko‘krak nishoni vazirlik va idoralar rahbarlari (yoki ularning topshirig‘iga muvofiq, boshqa masʼul shaxslar) tomonidan 14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni bayrami arafasida tantanali ravishda topshiriladi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net