GVINEYA ELCHISI BILAN UCHRASHUV

05.11.2018 17:59

2018-yilning 5-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Gvineya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi (qarorgohi Tehron shahrida) etib tayinlangan Bangali Diaxabini qabul qildi.

 

 

Ishonch yorliqlarini topshirish marosimidan so‘ng Vazir Elchini O‘zbekistonga tayinlangani bilan tabriklar ekan, yuqori va mas’uliyatli lavozimdagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

Suhbat davomida qayd etilganidek, geografik jihatdan uzoqda bo‘lishiga qaramasdan O‘zbekiston va Gvineya BMT, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa xalqaro tuzilmalarda faol hamkorlik qiladi.

Uchrashuvda hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni qo‘llab quvvatlash va madaniy-gumanitar almashinuvlarni kengaytirishga tomonlar tayyor ekanligi tasdiqlandi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net