GERMANIYA FEDERAL KANSLERINING TASHQI SIYOSAT VA XAVFSIZLIK SIYOSATI MASALALARI BO?YICHA MASLAHATCHISI BILAN UCHRASHUV

09.11.2018 17:20


2018-yilning 8-noyabr kuni Germaniya Federativ Respublikasiga tashrif buyurgan O‘zbekiston Respublikasi Hukumat delegatsiyasiga rahbarlik qilayotgan Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Berlin shahrida Germaniya Federal kanslerining tashqi siyosat va xavfsizlik siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Yan Hekker bilan uchrashdi.

Suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishning dolzarb masalalari, O‘zbekiston – Germaniya hamkorligini chuqurlashtirishning istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Umumiy kun tartibini aniq mazmun bilan boyitish, ikki tomonlama munosabatlarga uzoq muddatli tus berish borasida tomonlarda qiziqish mavjudligi tasdiqlandi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net