Eksport salohiyatini kengaytirish bo?yicha «Yangi O?zbekiston – raqobatbardosh mahsulotlar yurti» dasturi amalga oshiriladi

03.10.2022 01:37

TOSHKENT, 3 oktyabr. /“Dunyo” AA/.  O‘zbekiston Prezidenti «Tadbirkorlik subyektlarining eksport salohiyatini yana-da kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonni  imzoladi, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.

Hujjatda tadbirkorlik subyektlarining eksport salohiyatini yana-da kengaytirish bo‘yicha bir qator vazifalar belgilandi.

Xususan, ushbu farmonga muvofiq,  joriy yilning 1 noyabridan:

-bir eksport shartnomasi doirasida kelib tushmagan valyuta summasi eksportga yuklangan jami mahsulot narxining 5 foizidan oshmagan taqdirda muddati o‘tgan debitor qarzdorlik hisoblanmaydi va tadbirkorga nisbatan jarima qo‘llanilmaydi;

-eksport tashkilotlariga foyda va aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha soliq bazasini kamaytirish shaklidagi imtiyozlar tovarlarni realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushumdagi eksport hajmining ulushidan qatʼiy nazar qo‘llaniladi;

-qovun, kanakunjut, xantal va maxsar urug‘lari eksportiga ruxsat beriladi.

Eksportchi korxonalarni ochiq tanlov orqali saralab, ularni yetakchi eksportyorlarga aylantirish va har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha «Yangi O‘zbekiston – raqobatbardosh mahsulotlar yurti» dasturi amalga oshiriladi.

Dasturga kiritilgan eksportchi korxonalarga Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan eksportoldi va eksport bilan bog‘liq savdo operatsiyalarini moliyalashtirishi uchun oxirgi 12 oydagi eksport hajmidan kelib chiqib quyidagi moliyaviy yordamlar ko‘rsatiladi:

-eksport hajmi 1 million dollardan 5 million dollargacha bo‘lganda – 1 million dollargacha;

-eksport hajmi 5 million dollardan 10 million dollargacha bo‘lganda – 2 million dollargacha;

-eksport hajmi 10 million dollardan 15 million dollargacha bo‘lganda – 3 million dollargacha;

-eksport hajmi 15 million dollardan 20 million dollargacha bo‘lganda – 4 million dollargacha;

-eksport hajmi 20 million dollardan ortiq bo‘lganda – 5 million dollargacha;

-bitta xalqaro standartni joriy qilish va sertifikatni olishi uchun ularga 30 ming AQSH dollaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net