/“Dunyo” AA/. Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyevning Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqoti bo?lib o?tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

15.04.2023 11:26

 /“Dunyo” AA/. Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyevning Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, dastlab O‘zbekiston Prezidenti  Gurbanguli Berdimuhamedovga og‘ir judolik - onasi Ogulabat edje Berdimuhamedova olamdan o‘tgani munosabati bilan chuqur hamdardlik va taskin-tasalli so‘zlarini izhor etdi, unga va barcha yaqinlariga sabr-toqat va bardosh tiladi.

Suhbatda ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Oliy darajadagi kelishuvlar ijrosining borishi muhokama qilindi. Yil boshidan buyon o‘tgan ikki tomonlama muloqotlar – Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi, siyosiy maslahatlashuvlar, transport va madaniyat vazirlarining uchrashuvlari, diplomatik munosabatlar o‘rnatilgani 30 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan boshqa tadbirlarning samarali natijalari mamnuniyat bilan qayd etildi.

Savdo-iqtisodiy, energetika va suv xo‘jaligi sohalaridagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Bundan tashqari, Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikning amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston-Turkmaniston strategik sheriklik munosabatlarini yana-da mustahkamlash bo‘yicha faol almashinuvlarni davom ettirishga kelishib olindi.

Telefon muloqoti yakunida yetakchilar bir-birini va qardosh mamlakatlarimiz xalqlarini yaqinlashib kelayotgan Ramazon hayiti bilan dildan qutladilar.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net