Dubayda bo'lib o'tgan BMTning Iqlim o'zgarishi bo'yicha konferensiyasi Malayziya OAV nigohida

03.12.2023 07:41

/"Dunyo" AA/. Islom hamkorlik tashkilotining «OIC Today» jurnalida O'zbekiston Prezidentining BMTning Iqlim o'zgarishi bo'yicha Dubaydagi konferensiyasidagi ishtirokiga bag'ishlangan maqola e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Maqolada qayd etilishicha, Butunjahon sammiti BMTning Iqlim o'zgarishi bo'yicha doiraviy konvensiyasi ishtirokchilarining Dubayda o'tkazilayotgan 28-konferensiyasi doirasida o'tkazilmoqda.

Ma'lum qilinishicha, BMTning Iqlim o'zgarishi bo'yicha doiraviy konvensiyasi (UNFCCC) 1992 yilda qabul qilingan va dunyoning deyarli barcha davlatlarini qamrab olgan. Kioto protokoli va Parij bitimi UNFCCC asoslari va rivojlanishi asosida qabul qilingan hujjatlardir.

"O'zbekiston 1993 yil 20 iyunda BMTning Iqlim o'zgarishi bo'yicha doiraviy konvensiyasiga qo'shilgan, 1999 yilda esa Kioto protokolini ratifikatsiya qilgan, - deb yozadi nashr. 2017 yilda Parij bitimini imzolash orqali O'zbekiston bir qator majburiyatlarni, jumladan, 2030 yilgacha yalpi ichki mahsulot birligiga issiqxona gazlari emissiyasini 2010 yilgi darajadan 35 foizga kamaytirish bo'yicha asosiy miqdoriy majburiyatni o'z zimmasiga oldi".

Ta'kidlanishicha, O'zbekiston iqlim bo'yicha muntazam hisobotlarni tayyorlaydi va Konvensiya kotibiyatiga taqdim etadi - milliy aloqalar, ikki yillik hisobotlar, moslashuv rejalari, milliy miqyosda belgilangan badallarni ishlab chiqadi va yangilaydi.

Ayni paytda O'zbekistonning iqlim o'zgarishi bo'yicha To'rtinchi milliy bayonotini tayyorlash yakunlanmoqda, unda mamlakatning iqlim o'zgarishiga qarshi kurash bo'yicha so'nggi besh yildagi faoliyati aks ettiriladi, deb xulosa qiladi «OIC Today».

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net