Do?stlik va tinchlik tarannum etildi

22.08.2022 16:55

Qoraqalpog‘iston Respublikasida mamlakatimiz mustaqilligining 31 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida “Ma’naviyat festivali” yakunlandi.

Shu munosabat bilan Nukus shahridagi amfiteatrda O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston san’at ustalari  ishtirokida gala konset bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Q.Sariyev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosari N.Xolbo‘tayev mazkur festivalning aholi keng qatlami, avvalo, yoshlarda Vatanga muhabbat va sadoqat, insonparvarlik fazilatlarini tarbiyalash, milliy urf-odat, an’ana va qadriyatlarning hayotimizdagi o‘rnini har tomonlama ochib berishdagi ahamiyatiga to‘xtaldi.

Ta’kidlanganidek, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari, Davlat dasturlarining mazmun-mohiyatini keng ommaga yetkazish maqsadida tashkil etilgan festivalda targ‘ibot guruhi a’zolari – san’atkorlar, madaniyat va san’at sohasi xodimlari, olimlar, yozuvchi va shoirlar, iqtidorli yoshlar ishtirokida Orolbo‘yining barcha shahar va tumanlarida, chekka ovullarida uchrashuvlar tashkil etildi.

 

Festival davomida “Muruvvat” internat uylarida yashaydigan nogironlar, kasalxonada yotgan bemorlar va keksalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Mehr-muruvvat va saxovat” loyihasi doirasida  uchrashuvlar, “O‘zbekiston Qahramonlari” kitobi taqdimoti, ma’naviy merosimizning nodir namunalarini hamda milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash maqsadida  “Milliy qadriyatlar” mavzusida uchrashuvlar tashkil etildi. Shuningdek, “Yangi O‘zbekistonda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik” mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbirlar, aholiga ma’naviy-ma’rifiy, badiiy-estetik talablariga javob beradigan milliy va jahon adabiyotining eng sara namunalarini tanishtirish maqsadida “Ma’rifat ulashib” kitobxonlik aksiyasi, Qoraqalpoq xalqining milliy o‘yinlarini yoshlar orasida keng targ‘ib etish maqsadida “Qoraqalpoq milliy o‘yinlari” sport musobaqasi o‘tkazildi.

Taniqli san’atkorlar va ijodkorlar himoyaga muhtoj fuqarolar xonadonlariga tashrif buyurib, ularning holidan xabar oldi. Joylarda kinoijodkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etilib, yangi filmlar taqdimoti o‘tkazildi.

O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston san’at ustalari ijrosidagi xalqlar do‘stligi, birodarlik va tinchlikni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlarga shodlik ulashdi.

Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net