DIIHB DIREKTORI BILAN UCHRASHUV

27.11.2018 12:50

2018-yilning 26-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov amaliy tashrif mamlakatimizda bo‘lib turgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (DIIHB) direktori Ingibyorg Solrun Gisladottir bilan uchrashdi.

Suhbat chog‘ida turli yo‘nalishlardagi O‘zbekiston va DIIHB hamkorligi holati va rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Ingibyorg Solrun Gisladottir Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan Inson huquqlari bo‘yicha Osiyo forumiga taklif qilingani uchun O‘zbekiston rahbariyatiga minnatdorchilik bildirdi va forum ishida ishtirokidan olgan taassurotlari to‘g‘risida so‘zlab berdi.

Uning so‘zlariga qaraganda, mazkur forum O‘zbekistonning inson huquqlari bo‘yicha hukumatlararo va nodavlat tashkilotlari bilan kengayayotgan hamkorligining yorqin dalili hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga jahon hamjamiyatining tobora ortib borayotgan qiziqishining tasdig‘i bo‘ldi.

DIIHB direktori 2017-2021-yillar uchun Harakatlar strategiyasi doirasida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarni yuqori baholadi. Uning qayd etishicha, “hujjat keng qamrovli bo‘lib, mamlakat hayotning barcha sohalarida tubdan o‘zgarishlarni nazarda tutadi, shuningdek, YXHTning maqsadlariga to‘liq mos keladi”.

Uchrashuvda umumiy kun tartibidagi boshqa masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Muzokaralarda YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari Koordinatori Jon MakGregor ishtirok etdi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net