Davlatimiz rahbarining joriy haftadagi ish jadvalidan qanday uchrashuvlar o?rin olgan?

05.09.2022 18:07

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov jurnalistlar uchun navbatdagi brifingni o‘tkazdi.

An’anaga ko‘ra, tadbir avvalida davlatimiz rahbarining o‘tgan haftadagi faoliyati haqida qisqacha axborot berildi.

Shundan so‘ng boshlangan haftada Prezidentimiz ishtiroklarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan bir qancha tadbirlar haqida to‘xtalib o‘tildi.

Xususan, Shavkat Mirziyoyev Parlamentlararo Ittifoqqa a’zo davlat parlamentlari ayol rahbarlarining 14-sammiti ishtirokchilari bilan uchrashuv o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan oliy darajadagi Sammitiga tayyorgarlik yuzasidan taqdimotlar bo‘lib o‘tadi.

Bundan tashqari, Prezidentimiz mamlakatimizni iqtisodiy va ijtimoiy rivojiga bag‘ishlangan bir qator yig‘ilishlar o‘tkazadi.

O‘zA

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net