Davlatimiz rahbari Birinchi Prezidentimiz xotirasini yodga oldi

30.01.2024 01:31

/"Dunyo" AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Toshkent shahrida Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo'ydi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati yozganidek, tarixiy xotirasiz kelajak yo'q. O'zbekistonning mustaqillikka erishishi va davlat qurilishida Birinchi Prezidentimizning ulkan xizmatlari borligini hurmat bilan yodga olamiz.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning e'tibori bilan uning xotirasi abadiylashtirildi, maqbarasi barpo etildi. Islom Karimov tavallud topgan 30-yanvar kunini nishonlash an'anaga aylandi. 

Fidoyilarini e'zozlagan xalq hamisha hurmatga sazovor. Xotira tadbiri buning yana bir ifodasi bo'ldi. Qur'on oyatlari o'qilib, duo qilindi. Birinchi Prezidentimizning O'zbekiston manfaati yo'lida qilgan ishlari, insoniy fazilatlari yodga olindi.

Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma'rifiy yodgorlik majmuasida o'tgan marosimda Oliy Majlis palatalari, Prezident Administratsiyasi va hukumat vakillari, ilm-fan va madaniyat namoyandalari, shahar jamoatchiligi ishtirok etdi.

Birinchi Prezidentimizning Samarqand va Qarshi shaharlaridagi haykallari poyiga ham gullar qo'yildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net