TOSHKENTDA APREL OYIDA II XALQARO YURIDIK FORUM O?TKAZILADI

23.01.2020 10:52

TOShKENT, 23 yanvar. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Respublikasi  Adliya vazirligi  joriy yil 23-25 aprel kunlari  Toshkent shahrida o‘tkaziladigan II «Tashkent Law Spring» xalqaro yuridik  forumini yuqori darajada tashkil etish bo‘yicha ishlarni boshlab yubordi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Mazkur forum huquqshunoslik sohasida Markaziy Osiyoda har yili o‘tkaziladigan yirik xalqaro amaliy tadbirlardan biridir. 

Anjumanni o‘tkazishdan maqsad yetakchi xalqaro va milliy ekspertlar uchun huquqshunoslikni rivojlantirishga oid dolzarb masalalar va zamonaviy yondashuvlarni muhokama qilish uchun ochiq maydon yaratishdan iboratdir.

Bugungi kunda forumning maxsus sayti (http://tashkentlawspring.uz) yangilandi. Unda anjumanda qatnashish bilan bog‘liq barcha ma'lumotlar joylashtirilgan.

II «Tashkent Law Spring» xalqaro forumining asosiy mavzusi «To‘rtinchi sanoat inqilobi davrida huquq» deb belgilandi.

Forum dasturiga umumiy yig‘ilish, munozara sessiyalari, mahorat darslari va boshqa tadbirlar kiritilgan. Anjumanning madaniy tadbirlar qismida esa O‘zbekistonning qadimiy va tarixiy shaharlariga  sayohat uyushtirish hamda konsert dasturlari o‘tkazish ko‘zda tutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, I «Tashkent Law Spring» xalqaro yuridik  forumi 2019 yil aprel' oyida  o‘tkazilgan. Tadbirda 1 100 ishtirokchi, jumladan 30 dan ortiq mamlakatdan 250 ekspert jamlangan. Ular orasida O‘zbekiston va xorijiy davlatlarning yuqori mutasaddi shaxslari, huquq, xalqaro munosabatlar va iqtisodiyot sohalaridagi yetakchi ekspertlar, yirik yuridik kompaniyalar va xalqaro tashkilotlarning vakillari bor edi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net