2019-yilning 8-aprel kuni Pekin shahrida Afg‘oniston masalasidagi navbatdagi O‘zbekiston – Xitoy maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
6-7 aprel kunlari Termiz davlat universitetida shu mavzuda xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya bo’lib o’tadi.
Mamlakatimizda ilk marotaba o‘tkazilayotgan Xalqaro baxshichilik san’ati festivalini yoritish uchun 20dan ziyod davlatdan ommaviy axborot vositalari vakillari ham kelishgan. Ular Termiz shahridagi Adib Sobir Termiziy nomidagi axborot-resurs markazi binosida tashkil etilgan festival matbuot markazida bo‘lib, bu yerda jurnalistlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
O‘zA muxbiri ularning ayrimlari bilan suhbatlashdi.
2019-yilning 6-7-aprel kunlari Pokistonning taniqli pirlar, hadislarning tadqiqotchilaridan tashkil topgan atoqli din arboblari hamda turkopmaniyalar rahbarlari va jurlanistlar guruhi Namangan viloyatiga tashrif buyuradi. Delegatsiyaga Islomobod shahridagi O‘zbekiston turistik axborot markazi direktori Hamid Mahmud hamrohlik qiladi.
2019-yil 4-aprel kuni MDHga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashi (TIVK) yig‘ilishida ishtirok etish uchun Moskva shahriga kelgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisi o‘rinbosari, Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov bilan uchrashdi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3 aprel kuni yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish, xotin-qizlar bandligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan 5 ta tashabbusni amaliyotga joriy etish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.
2019-yilning 4-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Hindiston Respublikasi Hukumati o‘rtasida diplomatik pasport egalarini viza talabidan ozod etish to‘g‘risidagi Bitim kuchga kirdi. Hujjat Dehli shahrida 2018-yil 1-oktabr kuni imzolangan edi.
Termiz shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qoxir Rasulzoda rahbarligida Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning 6-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda ikki davlat vazirlik va idoralarining vakillari ishtirok etdi.