BMT BOSH KOTIBI O?RINBOSARI BILAN UCHRASHUV

28.11.2018 12:53

2018-yilning 27-noyabr kuni Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun bugun Shveysariyaga yetib kelgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov BMT bosh kotibi o‘rinbosari, BMTning Jeneva shahridagi boʻlinmasi bosh direktori Maykl Myoller bilan uchrashdi.

Suhbat davomida BMT Bosh Assambleyasi minbarida ilgari surilgan O‘zbekiston tashabbuslarini amalga oshirish va boshqa turli sohalarda O‘zbekiston va BMT o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash istiqbollari muhokama qilindi.

Maykl Myoller 22-23-noyabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan Inson huquqlari bo‘yicha Osiyo forumida ishtirokidan olgan taassurotlari to‘g‘risida so‘zlab berar ekan, uning natijalari nafaqat O‘zbekiston, balki butun mintaqa uchun muqarrar muhim ahamiyatga egaligini ta’kidladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan mamlakatimizda olib borilayotgan har jabhadagi islohotlar va qo‘shni mamlakatlar bilan aloqalarni mustahkamlash nuqtayi nazaridan BMT asoslari hisoblangan xavfsizlik, rivojlanish va inson huquqlarini mustahkamlashdagi O‘zbekiston hissasi qayd etildi.

Shuningdek, Afg‘oniston muammosi bo‘yicha xalqaro konferensiya kun tartibi yuzasidan fikr almashildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net