Xorazm viloyatida joriy yilning 5-6 aprel kunlari “Xorazmga investitsiya kiriting” shiori ostida xalqaro investitsiya forumi bo’lib o’tdi.
Toshkent shahrida 5 aprel kuni O’zbekiston Respublikasi va Qozog’iston Respublikasi Xavfsizlik kengashlari devonlari ikki tomonlama maslahatlashuvining beshinchi raundi bo’lib o’tdi.
Xalqaro baxshichilik festivalida O’zbekistonning barcha dostonchilik maktabi baxshilari, etnografik xalq ansambllari qadimiy dostonlardan eng sara namunalarni muxlislar e'tiboriga havola etdi. Tomoshabinlar do’mbira va boshqa sozlarning noyob ovozi, baxshilarning yuksak mahorati va xalq og’zaki ijodi namunalaridan bahramand bo’ldilar.
Termiz shahrida o’tkazilayotgan Xalqaro baxshichilik san'ati festivali doirasida “Jahon tsivilizatsiyasida baxshichilik san'atining o’rni” mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya bo’lib o’tdi.
Xalqaro baxshichilik san'ati festivalining tantanali ochilishiga bag’ishlangan kontsert dasturi davom etmoqda.
Jahon tamadduni beshiklaridan biri bo’lgan qadimiy Termiz milliy ruhda bayramona bezatilgan. Nafaqat mamlakatimiz, balki butun dunyoda ilk marta o’tkazilayotgan Xalqaro baxshichilik san'ati festivaliga puxta hozirlik ko’rilgani O’zbekistonning janubdagi gavhari bo’lgan qadimiy va navqiron ushbu shaharga o’zgacha shukuh va tarovat bag’ishlagan.
2019-yilning 1-aprel kuni Bryussel shahrida e’lon qilingan Xalqaro mehnat tashkilotining (XMT) hisobоtida Jahon banki tomonidan O‘zbekiston paxta sanoatida bolalar va majburiy mehnatdan tizimli foydalanishga barham berilgani e’tirof etiladi.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Termiz shahri yaqinidagi Sulton Saodat maqbarasini ziyorat qildi. Qur’on tilovat etildi.
Joriy yil 15-17 may kunlari Toshkentdagi “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuasida “Power Uzbekistan-2019” va “OGU-2019” nomi bilan energetika va neft-gaz sohalari bo‘yicha xalqaro ko‘rgazmalar o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 4-aprel kuni 2019-yilning birinchi choragi yakunlari bo‘yicha Davlat byudjetiga tushumlar va eksport prognozlari ijrosi natijadorligi hamda birinchi yarim yillik uchun belgilangan ko‘rsatkichlarning so‘zsiz bajarilishini ta’minlash yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.