/"Dunyo" AA/. Bugun O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovni Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko qabul qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" axborot agentligi muxbiri.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi delegatsiya Belarus Respublikasida tashrif bilan bo'lib turibdi. Tashrif doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar, shuningdek, MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig'ilishi va "Markaziy Osiyo – Rossiya" formatidagi tashqi ishlar vazirlari uchrashuvida ishtirok etish rejalashtirilgan.