O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi Elchixonasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra 2019-yilning 9-may kuni ichida o‘zbekistonlik talabalar Mutal Yuldashev (1997-yilda tug‘ilgan) va Farrux Muminov (1996-yilda tug‘ilgan) bo‘lgan Seul shahridagi kvartirada mahalliy vaqt bilan taxminan soat 14:30da yong‘in sodir bo‘lgan. Natijada F.Muminov voqea joyida vafot etgan. M.Yuldashev ikkinchi darajali kuyish jarohatini olgan va shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish uchun Hanil kasalxonasiga olib borilgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 10 may kuni «Toshkent» avtovokzalida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi.
Havodan suv hosil qiladigan zamonaviy uskuna Isroilning «Watergen» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan.
2019-yilning 10-may kuni Toshkent shahrida konsullik-huquqiy masalalar bo‘yicha O‘zbekiston – Xitoy maslahatlashuvlarining ikkinchi raundi bo‘lib o‘tdi.
2019-yilning 10-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov Belarus Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Leonid Marinich bilan uchrashdi.
Sadriddin Suyarov TIV huzuridagi “Dunyo” axborot agentligi direktori o‘rinbosari etib tayinlandi. S.Suyarov ilgari Osiyo-Okeaniya kurash konfederatsiyasi Xalqaro aloqalar departamenti direktori lavozimida ishlagan.
2019-yilning 10-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri maslahatchisi Jahongir Xidayxodjayev mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vazirining yordamchisi Lyu Syanfa bilan uchrashdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qarorining ijrosi doirasida Tashqi ishlar vazirligida mazkur idora xodimlari uchun kitob yarmarkasi o‘tkazildi.
O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida kitob yarmarkasi tashkil qilindi. “Dunyo” AA muxbiri Anvar Ilyosovning voqea joyidan fotoreportaji e'tiboringizga havola qilinmoqda.