O‘zbekistonning Rossiyadagi Elchixonasi Konsullik bo‘limi bergan ma’lumotga ko‘ra 2018-yilning 16-dekabr kuni Moskva viloyatining Domodedovo shahrida baxtsiz hodisa sodir bo‘lib, uning oqibatida Shestovo qishlog‘ida qurilayotgan mehmonxona binosida bir nechta chet el fuqarolari is gazidan zaharlangan. Ular orasida ikki nafar O‘zbekiston fuqarolari ham bor:
Prezident Shavkat Mirziyoyev 16 dekabr kuni Bahrayn Mustaqilligi bayrami munosabati bilan mamlakat Qiroli Shayx Hamad ibn Iso Ol Xalifaga qutlov yo‘lladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16 dekabr - Qozog‘iston Respublikasi Mustaqilligi kuni bilan Prezident Nursulton Nazarboyevni tabrikladi.
2018-yilning 17-dekabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Avstriya Respublikasi o‘rtasida vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarning oltinchi raundi bo‘lib o‘tadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, yirik loyihalar bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 13-14 dekabr kunlari Qashqadaryo viloyatida boʻldi.
Shavkat Mirziyoyev Qarshi shahridagi “Sulton tex group” korxonasi faoliyati bilan tanishdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Muborak tumanidagi zamonaviy issiqxona bilan tanishdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14 dekabr kuni Qashqadaryo viloyatidan qaytishi bilanoqToshkent xalqaro aeroportida mamlakatimizda tashrif bilan boʻlib turgan Xalqaro mehnat tashkiloti bosh direktori Gay Rayder bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Qarshi shahrida viloyat va tumanlar hokimlari, sektorlar rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.
2018-yilning 12-dekabr kuni Surxondaryo viloyati hokimi Bahodir Po‘latov boshchiligidagi delegatsiya Afg‘oniston Islom Respublikasi Balx viloyati gubernatori Muhammad Is’hoq Raxguzarning taklifiga ko‘ra Afg‘onistonning chegaradosh Hayraton shahriga do‘stlik tashrifi bilan bordi.