XITOYDA O?ZBEKISTON YOSHLARI KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIR O?TKAZILDI

19.06.2019 12:23

30 iyun – O‘zbekiston yoshlari kuni munosabati bilan mamlakatimizning Xitoydagi elchixonasi tomonidan Lanchjou shahrida o‘zbekistonlik talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi.

 

 

Unda Gansu provinsiyasining turli oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan yigit-qizlar qatnashdi.

 Mazkur provinsiya hududida o‘nga yaqin universitet mavjud bo‘lib, ularning aksariyatida xorijiy mamlakatlar, jumladan, O‘zbekistondan kelgan ko‘plab talabalar o‘qiydi.

 Tadbir chog‘ida O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi tashkil etilgan kun - 30 iyunning Yoshlar kuni sifatida e’lon qilinishi ramziy ma’noga ega ekani alohida qayd etildi. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida alohida bo‘lim davlatning yoshlar siyosatini takomillashtirishga bag‘ishlangani, mazkur dasturiy hujjat mamlakatimiz aholisining 30 foizidan ziyod qismini tashkil etuvchi yoshlarga nisbatan davlat siyosatining samaradorligini oshirishga qaratilgan qator ustuvor vazifalarni qamrab olganiga alohida e’tibor qaratildi.

 Shu bilan birga, O‘zbekiston Prezidentining 2018 yil 25 sentyabrda e’lon qilingan "O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha "El-yurt umidi" jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida"gi farmoni hamda 2018 yil 25 oktyabrda qabul qilingan “Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlik sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining mazmun-mohiyati, hozirgi paytda mazkur muhim hujjatlarning ijrosi yuzasidan hayotga izchil tadbiq etilayotgan chora-tadbirlar haqida ham atroflicha so‘z yuritildi.

 Xususan, chet ellarda yashayotgan vatandoshlar bilan doimiy muloqot va hamkorlikni rivojlantirish, mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlardagi ishtirokni rag‘batlantirish, shuningdek, ularning huquq va manfaatlarini to‘laqonli, har tomonlama himoya qilishga ko‘maklashish borasida muhim ishlar amalga oshirilayotgani haqida fikr almashildi.

 Uchrashuvda Gansu provinsiyasi oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar Lanchjou universiteti xitoyshunoslik fakulteti talabasi Dostonbek Mamasoliyevni o‘zlariga sardor etib sayladi.

 Tadbir doirasida o‘zbek talabalari tomonidan “O‘zbekiston yoshlari – porloq kelajak egalari” shiori ostida fleshmob uyushtirildi. Ushbu tadbir internet tarmog‘i orqali keng namoyish etildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net