“O?ZBEKISTON – YEVROPA ITTIFOQI” HAMKORLIK KENGASHINING MAJLISI

22.11.2018 12:34

Yevropa Ittifoqi delegatsiyasiga hozirda YIga raislik qilayotgan Avstriya Respublikasining Yevropa ishlari, integratsiya va tashqi ishlar masalalari bo‘yicha federal vaziri Karin Kneissl boshchilik qildi.

Tadbirda ikki tomon kun tartibidagi muhim masalalar yuzasidan fikr almashildi, siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari ko’rib chiqildi.

Muhokama qilingan deyarli barcha masalalar bo‘yicha mavqe’ va qarashlar yaqinligi yoki mos kelishi hamda uzoq muddatli o‘zaro manfaatli sheriklikni yanada rivojlantirishdan tomonlar manfaatdorligi tasdiqlandi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim bo‘yicha muzokaralarni 23-noyabr kuni boshlashga kelishib olindi. Ushbu bitim 1999-yil 1-iyuldan buyon amal qilayotgan O‘zbekiston va Yevropa Hamjamiyatlari hamda ularga a’zo davlatlar o‘rtasida sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim o‘rnini bosishi kutilmoqda.

Yevropa tomoni O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishiga ko‘mak berishga tayyor ekanligini tasdiqladi.

Shuningdek, yrim xalqaro va mintaqaviy masalalar muhokama qilindi. Xususan, Afg‘onistonda tinchlikni o‘rnatishda faol hamkorlik qilishga kelishib olindi.

Majlis yakunida Abdulaziz Kamilov va Karin Kneissl matbuot anjumani o‘tkazdilar.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net