«MARD O?G?LON» DAVLAT MUKOFOTI BILAN TAQDIRLASH TO?G?RISIDA

30.06.2019 17:51

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

 

 

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda faollik ko‘rsatib, o‘zining bilim va iqtidori, intiluvchanligi va tashabbuskorligi, halol va samarali mehnati bilan Vatanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan, yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlovchi, qat’iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarash va yuqori salohiyatga ega, yurt istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir bo‘lgan fidoyi va mard o‘g‘lonlarimizni munosib rag‘batlantirish maqsadida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyuldagi «Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida»gi PF–5106-son Farmoni va 2017 yil 21 noyabrdagi «Mard o‘g‘lon» davlat mukofotini ta’sis etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ–3402-son qaroriga asosan:

 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat mukofotlari va geraldika bo‘yicha komissiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining iqtidorli yigitlarini fan, ta’lim, tibbiyot, madaniyat, adabiyot, san’at, sport, ishlab chiqarish, harbiy xizmat sohalari va huquqni muhofaza qilish organlaridagi faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risidagi takliflari ilovadagi ro‘yxatga muvofiq ma’qullansin.

 2. «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarga «Yoshlar kuni» arafasida o‘tkaziladigan tantanalarda sovrindorlik diplomlari va ko‘krak nishonlari topshirilsin.

 3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti sovrindorlarining har biriga eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdorida pul mukofoti berilishini ta’minlasin.

 4. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti sohiblarining ibratli faoliyati, ularning noyob iste’dodi va erishgan yutuqlarini keng yoritib borish tavsiya etilsin.

 5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari – O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi K.K.Kuranbayev zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti                           Sh.MIRZIYOYEV  

Toshkent shahri,

2019 yil 28 iyun 

* * *

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 

2019 yil 28 iyundagi PQ–4367-son qaroriga 

ilova

«Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar 

RO‘YXATI

Masharipov Elyor Shomurod o‘g‘li

-

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining harbiy qism guruh katta ofitseri (Qoraqalpog‘iston Respublikasi)

Radjapov Alisher Muxadinovich

-

Nukus sport kollejining 3-bosqich o‘quvchisi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi)

Pozilov Dilxushbek Orifjon o‘g‘li

-

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Andijon shahar yong‘in xavfsizligi bo‘limi harbiylashtirilgan qism boshlig‘ining o‘rinbosari (Andijon viloyati)

Umarov Oybek Tulkunjanovich

-

Andijon mashinasozlik instituti laboranti (Andijon viloyati)

Bafoyev Shahboz Shamsiddin o‘g‘li

-

«Vatanparvar» tashkilotining G‘ijduvon avtomobil maktabi avia-raketamodel to‘garagi rahbari (Buxoro viloyati)

Ismoilov Doniyor Lazizjonovich

-

Qorako‘l tumanidagi 1-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internatining 9-sinf o‘quvchisi (Buxoro viloyati)

Baturov Bobo-Usmon Shamsutdin o‘g‘li

-

Paxtakor tumanidagi bolalar va o‘smirlar sport maktabining boks bo‘yicha murabbiyi (Jizzax viloyati)

Okanov Sayfiddin Muxiddin o‘g‘li

-

Jizzax davlat pedagogika institutining 1-bosqich talabasi (Jizzax viloyati)

Abduraimov Elmurod Abdusalomovich

-

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining chegara qo‘shinlari harbiy qism guruh komandiri (Qashqadaryo viloyati)

Raupov Sharifjon Bayramali o‘g‘li

-

«Hunarmand» uyushmasining G‘uzor tumani bo‘limi a’zosi, hunarmand-zargar (Qashqadaryo viloyati)

Nomozov Davronbek 
Zokir o‘g‘li

-

«Navoiy kon-metallurgiya kombinati» davlat korxonasining Markaziy kon boshqarmasi sex muhandisi (Navoiy viloyati)

Tashpo‘latov Asatbek Zohidjon o‘g‘li

-

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Navoiy akademik litseyi 1-bosqich o‘quvchisi (Navoiy viloyati)

Abdumutalov Muhammadsiddiq Qahramonjon o‘g‘li

-

Kosonsoy tumanidagi bolalar va o‘smirlar sport maktabining karate bo‘yicha murabbiyi (Namangan viloyati)

Mo‘minov Temurbek Rustamjon o‘g‘li

-

Norin tumanidagi «Omadbek bo‘stoni» fermer xo‘jaligi boshlig‘i (Namangan viloyati)

Ruzimurodov Asqar
Sobir o‘g‘li

-

Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtining 3-bosqich kursanti (Samarqand viloyati)

Uzbekov Lazizxon Xomidxon o‘g‘li

-

Samarqand ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatining 3-bosqich o‘quvchisi (Samarqand viloyati)

Bahromov Nodirbek Olimjon o‘g‘li

-

Boyovut tumanidagi 30-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi (Sirdaryo viloyati)

Qurbonov Javohir Abdumalik o‘g‘li

-

Sirdaryo tumanidagi bolalar va o‘smirlar sport maktabining og‘ir atletika bo‘yicha murabbiyi (Sirdaryo viloyati)

Azizov Shahzod 
Abdug‘ani o‘g‘li

-

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi katta mutaxassis-o‘qchisi (Surxondaryo viloyati)

Sherboyev Alisher 
Safar o‘g‘li

-

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy qism mutaxassisi (Surxondaryo viloyati)

Boltayev Bexzodbek Matyoqub o‘g‘li

-

Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 5-bosqich talabasi (Toshkent viloyati)

Xolmurzayev Shaxboz Ibragim o‘g‘li

-

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining 4-bosqich talabasi (Toshkent viloyati)

Zokirov Elyorjon Anvarovich

-

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati xodimi (Farg‘ona viloyati)

Qalandarov Xasanjon Odilovich

-

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining harbiy qism guruh komandiri (Farg‘ona viloyati)

Bazarbayev Sardor Urinboyevich

-

O‘zbekiston Milliy universitetining 4-bosqich talabasi (Xorazm viloyati)

Madrimov Israil Modraximovich

-

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining qorovul qo‘shinlari xodimi (Xorazm viloyati)

Yevdokimov Danil Aleksandrovich

-

Chirchiq ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatining 3-bosqich o‘quvchisi (Toshkent shahri)

Shopo‘latov Shomurod 
Shorasul o‘g‘li

-

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Matematika instituti tayanch doktoranti (Toshkent shahri)

 

 

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net