2019-yilning 12-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov TIV Hay’atining kengaytirilgan majlisida Sharqiy, Janubi-Sharqiy Osiyo va Okeaniya mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasining yangi tayinlangan boshlig‘ini tanishtirdi.
Ushbu lavozimga ilgari Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Aziz Nasirov tayinlandi.