2019-yilning 4-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Amerika Qo‘shma Shtatlarining Favqulodda va Muxtor Elchisi Daniel Rosenblumni qabul qildi.
2019-yil 7-8-iyun kunlari Namangan shahrida “Invest in Namangan” xalqaro investitsiya forumi bo‘lib o‘tadi. Ushbu tadbir Namangan viloyati hokimligi tomonidan Tashqi ishlar vazirligi va boshqa tegishli idoralar bilan birgalikda tashkil etilmoqda.
2019-yil 28-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi PQ-5731-sonli farmoni chiqarildi va imzolangan vaqtdan kuchga kirdi.
2019-yilning 31-may kuni O‘zbekistonning Tojikistondagi Elchisi Ergash Shaismatov tantanali tarzda “Xalq ovozi” gazetasi bosh muharriri Yoqubjon Abdumanonzodaga “Oltin qalam” XIV milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov Tashkiliy qo‘mitasining diplom va sovg‘asini topshirdi. Tanlov yakunlari an’anaga ko‘ra 3-may – Jahon matbuoti erkinligi kunida e’lon qilindi.
Mamlakatimizning Seul shahridagi Elchixonasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra 2019-yil 29-may kuni O‘zbekiston fuqarosi Alisher Jovliyev qurilayotgan binoning yuqori qavatidan tushib ketgan va og‘ir ahvolda “Kangvon” universiteti kasalxonasiga olib borilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
Mamlakatimizda sogʻlom va barkamol avlodni tarbiyalash, maʼnaviy-axloqiy, jismonan yetuk, vatanparvar, milliy anʼana va qadriyatlarimizga sadoqatli yoshlarni voyaga yetkazish, ularni amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarning faol va jonkuyar ishtirokchisiga aylantirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda
27-29-may kunlari O'zbekiston delegatsiyasi Saudiya Arabistonining Jidda shahrida bo’lib o’tayotgan Islom hamkorlik tashkilotining (IHT) 14-sammiti doirasida tashkilotga a'zo davlatlarning yuqori lavozimli mulozimlari va tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvlarida qatnashmoqda.
Malayziyaning Perlis shtatida joylashgan Kangar shahri masjidlarida o‘zbekistonlik qorilar tomonidan tarobix namozlari o‘qildi.
Tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va mamlakatimizning Malayziyadagi elchixonasi hamkorligida O‘zbekistonning Malayziyadagi ziyorat turizmi bo‘yicha elchisi va Perlis shtati muftiysi Mohd Asri Bin Zaynul Obiddin ko‘magida tashkil etildi.
Mamlakatimizda rasmiy tashrif bilan boʻlib turgan Germaniya Federativ Respublikasi Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov hamrohligida “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasida tashkil etilgan Oʻzbekiston – Germaniya ishbilarmon doira vakillari yigʻilishida ishtirok etdi.