BMT BOSH KOTIBINING O?RINBOSARI BILAN UCHRASHUV

21.11.2018 12:27

018-yilning 21-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhomjon Ne’matov 22-noyabr kuni Samarqand shahrida o‘z ishini boshlaydigan Inson huquqlari bo‘yicha Osiyo forumida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan BMT Bosh kotibining o‘rinbosari, Jeneva shahridagi BMT bo‘linmasi bosh direktori Maykl Myoller bilan uchrashdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va BMT hamkorligining dolzarb masalalari, uning rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi. Qayd e’tilganidek, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan chuqur siyosiy va iqtisodiy o‘zgarishlar hamkorlikni mustahkamlash uchun yangi imkoniyatlar bermoqda.

BMT vakili O‘zbekiston olib borayotgan mintaqaviy siyosatni, respublikaning qo‘shni davlatlar bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish uchun qaratayotgan alohida e’tiborini qullab-quvvatlashini bildirdi. “Zamonaviy dunyoda intilish kerak bo‘lgan va eng sezilarli natija beradigan ayni standart mana shudir”, – dedi Maykl Myoller.

Uchrashuv davomida bo‘lajak qo‘shma tadbirlarni o‘tkazishning amaliy jihatlari ham ko‘rib chiqildi.

Suhbatda BMT Rezident-koordinatori, BMT Rivojlanish dasturining O‘zbekistondagi Doimiy vakili Helena Freyzer ishtirok etdi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net