AXBOROT XABARNOMASI

20.04.2019 16:59

2019-yil 20-aprel kuni soat 05:09da Qozog‘iston Respublikasi Jambul oblasti Korday tumanidan o‘tuvchi “Chimkent-Olmaota” yo‘nalishidagi avtomobil yo‘lining 181 kilometrida salonida 49 nafar yo‘lovchi bo‘lgan avtobus yo‘l transport hodisasiga uchragan. Sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisasi oqibatida 11 nafar fuqaro vafot etgan bo‘lib, ulardan 3 nafari O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan. Vafot etgan fuqarolar: 1. Abduxalikov O‘rinboy Mirxamid o‘g‘li – 04.11.1993y.t. Toshkent viloyati Oxangaron tumanida istiqomat qilgan. 2. Ermekbaeva Dilorom Abdukalikovna – 22.12.1972y.t. Toshkent viloyati Quyichirchiq tumanida istiqomat qilgan. 3. Kalmuratov Alisher Safarbaevich – 03.12.1988y.t. Toshkent viloyatida istiqomat qilgan.

Shuningdek, 32 nafar fuqarolar, shundan 13 nafar O‘zbekiston fuqarolari turli darajada tan-jaroxatlari olgan, ulardan 3 nafari og‘ir ahvolda. Jabrlangan barcha fuqarolar Korday tumanidagi shifoxonaga yotkazilgan. Voqea joyiga O‘zbekiston Respublikasining Qozog‘istondagi elchixonasi xodimlari zudlik bilan etib borishgan.

O‘zbekiston va Qozog‘iston Respublikalarining Favqulodda vaziyatlar va Sog‘liqni saqlash vazirliklari tomonidan hamkorlikda barcha zaruriy choralar amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev topshirig‘iga ko‘ra Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va boshqa idoralar vakillaridan iborat hukumat komissiyasi tuzilgan. Komissiya a’zolari voqea joyiga jabrlanganlarga yordam berish va yo‘l-transport hodisasi sabablarini o‘rganish uchun chiqishgan. Hukumat komissiyasiga Qozog‘iston tomoni bilan kelishgan holda vafot etgan va jabrlanganlarni vataniga qaytarish va ularning oila a’zolariga barcha zarur yordamni ko‘rsatish bo‘yicha topshiriq berilgan.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net