AQSH Prezidenti O?zbekiston yetakchisini Navro?z bayrami bilan tabrikladi

20.03.2023 11:40

AQSH Prezidenti O‘zbekiston yetakchisini Navro‘z bayrami bilan tabrikladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

 

Hurmatli Prezident janoblari!

Amerika xalqi nomidan Sizga va O‘zbekiston xalqiga Navro‘z ayyomi munosabati bilan eng ezgu tilaklarimizni yo‘llamoqdaman.

O‘tgan yil davomida O‘zbekiston va Amerika Qo‘shma Shtatlari umumiy muammolarni hal qilish, xalqlarimiz xavfsizligi va farovonligini taʼminlash maqsadida birlashdi.

Ushbu uyg‘onish va yangilanish mavsumida Qo‘shma Shtatlar O‘zbekiston xalqiga sodiqligini yana bir bor tasdiqlaydi. Shu kunlarda yangi marralarni belgilab, mustahkam tinchlik va o‘zaro anglashuv ruhidagi umumiy kelajak sari saʼy-harakatlarimizni davom ettirar ekanmiz, men mamlakatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklik va xalqlarimiz do‘stligi yana-da mustahkamlanishiga ishonaman.

Navro‘z muborak!

Hurmat bilan,

 

Jozef Bayden,

Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net