ANKARADA “O?ZBEKISTON – MARKAZIY OSIYONING PORLOQ YULDUZI“ MAVZUIDA FORUM O?TKAZILDI

15.11.2019 10:28

ANKARA, 15 noyabr. /“Dunyo” AA/. Turkiya poytaxtida mamlakatimiz elchixonasi tomonidan Yevroosiyo iqtisodiy hamkorlik uyushmasi bilan hamkorlikda “O‘zbekiston – Markaziy Osiyoning porloq yulduzi“ mavzuida taqdimot marosimi tashkil etildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

 

Tadbirning birinchi bo‘limida O‘zbekistonning boy tarixiy-madaniy merosi, mustahkamlanib borayotgan turistik salohiyati, Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqidagi ma’lumotlar taqdim etildi. Ikkinchi bo‘limda esa mamlakatimizning jozibador sarmoyaviy iqlimi, eksport yo‘nalishidagi ustuvor jihatlari va savdo-iqtisodiy sohadagi qulay imkoniyatlari ishtirokchilarga tanishtirildi. Tadbir doirasida, shuningdek, “V2V”, “V2G” formatlaridagi muzokaralar o‘tkazildi.

 

Yirik forum shaklida tashkil etilgan mazkur tadbirda O‘zbekiston ishbilarmon doiralar vakillari, Turkiya parlamenti deputatlari, davlat va hukumat rasmiy xodimlari, 500 dan ziyod tadbirkor, sarmoyador va jurnalist qatnashdi.

 

Anjumanda O‘zbekiston haqidagi ma’ruzalar taqdim etildi, video-fotomateriallar namoyish etildi, Elchixona tomonidan tayrlangan jurnallar, press-relizlar va axborot byulletenlari tarqatildi.

 

O‘zbekistonda tadbirkorlik sub’ektlari, jumladan xorijlik sarmoyadorlar uchun yaratilayotgan qulaylik va imtiyozlar, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha sa’y-harakatlar, mustahkamlanayotgan huquqiy asoslar, istiqbolli sohalar haqidagi batafsil ma’lumotlar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Turkiya biznes doiralari vakillari bilan muloqotning mantiqiy davomi sifatida qayd etilgan ushbu forum amaldagi va yangi loyihalar bo‘yicha hamkorlikni izchil davom ettirishga xizmat qiladi.

 

Anjuman Turkiya ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net