Angliya kubogida Abduqodir Husanov tarixiy gol urdi

08.02.2025 04:08

Futbol bo‘yicha Angliya kubogi doirasida "Manchester Siti" va “Leyton Oriyent" jamoalari o‘zaro raqobatlashdi. Ushbu o‘yin 2:1 hisobida "MS" foydasiga yakunlandi.

Mazkur bellashuvning ikkinchi bo‘limida milliy terma jamoamiz a’zosi Abduqodir Husanov Vitor Reys o‘rniga zaxiradan o‘yinga qo‘shildi. Quvonarlisi, 56-daqiqada Riko Lyuisning kuchli zarbasi Abduqodirning yelkasiga tegib, raqib darvozasidan joy oldi. Shuni ta’kidlab o‘tishimiz lozimki, mazkur gol O‘zbekiston tarixida Angliya kubogida o‘zbek futbolchisi kiritgan ilk gol sifatida tarixda qoladi.

Shuningdek, 20 yoshli futbolchimiz o‘yin davomida 2 bora to‘pni olib qo‘ygan bo‘lsa, 1 marta zarbalarga blok qo‘ydi. O‘yin davomida 57 bora to‘pga teginib, 48 ta pas berishga muvaffaq bo‘ldi. Ularning 45 tasi jamoadoshlariga aniq yetib bordi. Uzoq masofaga esa bir marta to‘pni uzatdi, u ham bo‘lsa sherigiga aniq bordi.   

Ikkinchi qavatdagi kurashlarning 2 tasidan 1 tasida g‘alaba qozonishga ham muvaffaq bo‘ldi. 49 daqiqa davomida hamyurtimiz 4 bora to‘pni yo‘qotishga ham ulgurib, 1 bora raqiblariga nisbatan qoidani buzdi. "Sofascore" portali milliy terma jamoamiz a’zosining ushbu harakatlarini 7.8 ballga loyiq ko‘rdi.  

Uchrashuvda Kevin de Bryuyne “Manchester Siti”ning ikkinchi goliga mualliflik qildi. 

Ma’lumot o‘rnida: Xosep Gvardiola boshchiligidagi "Manchester Siti" navbatdagi bellashuvini 11 fevral kuni Madridning "Real" klubiga qarshi o‘tkazadi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net