Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxonada ruminiyalik atoqli bastakor ijodiga bag?ishlangan ko?rgazma ochildi

02.11.2022 11:32

“Dunyo” AA/. Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxonada ruminiyalik atoqli bastakor Jorj Enesku xotirasiga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Ekspozitsiya “INFOLIBUZBEKISTAN-2022” XI Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida Ruminiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi va  Buxarestdagi Jorj Enesku Milliy muzeyi bilan hamkorlikda tashkil etilgan.

Jorj Enesku - eng ko‘zga ko‘ringan rumin musiqachilaridan biri. Uning ijodiy faoliyati turli rollarda namoyon bo‘ldi: bastakor, skripkachi, o‘qituvchi, pianinochi va dirijyor.

Ko‘rgazmada buyuk musiqachi hayoti va ijodidagi muhim onlarni aks ettiruvchi fotosuratlar namoyish etilmoqda. Milliy kutubxonaning katta ekranida hujjatli filmlar namoyish etilib, unda bastakor Jorj Enesku tomonidan bastalangan musiqalar  yangraydi.

Ko‘rgazma 1 dekabrda nishonlanadigan Ruminiya milliy kunining 104 yilligini nishonlashga bag‘ishlangan tadbirlarning biringchisi hisoblanadi.

 Namoyish 4 noyabrgacha davom  etadi.

Elchi Daniel Kristian Chobanu ko‘rgazmaning ochilishi bilan samimiy tabriklab, ushbu tadbir Ruminiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stlik ramzi ekanini taʼkidladi. Shuningdek, diplomat «INFOLIB UZBEKISTAN-2022» Milliy axborot-kutubxona haftaligini o‘tkazish muhimligini qayd etdi.

Madaniyat sohasidagi ikki tomonlama munosabatlar mustahkamlanib, muvaffaqiyatli rivojlanib bormoqda. Yanvar oyida Ruminiyaning Toshkentdagi diplomatik vakolatxonasi va Milliy kutubxona hamkorligida «Ruminiyaning jahon merosiga qo‘shgan hissasi» ko‘rgazmasi tashkil etildi. Fevral oyida Toshkent Fotosuratlar uyida buyuk haykaltarosh Konstantin Brinkush ijodiga bag‘ishlangan fotoko‘rgazma bo‘lib o‘tdi. 15-16 sentyabr kunlari «Ipak yo‘li gavhari» XIV Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida Ruminiya kinosi kunlari bo‘lib o‘tdi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net