AFG?ONISTON TASHQI ISHLAR VAZIRI BILAN UCHRASHUV

12.01.2019 11:48

2019-yilning 12-yanvar kuni Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Afg‘oniston Islom Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Salohiddin Rabboniy bilan uchrashdi. Salohiddin Rabboniy “Hindiston – Markaziy Osiyo” muloqoting birinchi vazirlar uchrashuvida ishtirok etish uchun nufuzli delegatsiyasi boshchiligida mamlakatimizga kelgan.

Suhbat chog‘ida hamkorlikning barcha yo‘nalishlarida ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishdagi ijobiy o‘zgarish yuqori baholandi. Ta’kidlanganidek, ko‘p qirrali O‘zbekiston-Afg‘oniston muloqoti ikki mamlakat rahbarlarining kuchli siyosiy irodasiga asoslangan.

Afg‘oniston TIV rahbari Afg‘oniston hukumatining mamlakatda tinchlik o‘rnatish borasidagi sa’y-harakatlarini izchil qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash, muhim infratuzilma loyihalarini amalga oshirish orqali ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot va kadrlar tayyorlashdagi yordam uchun O‘zbekiston rahbariyatiga minnatdorlik izhor etdi.

Vazirlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, transport-kommunikatsiya, energetika, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirishdan tomonlar manfaatdor ekanligini tasdiqladilar.

Muzokaralarda o‘zi ishini boshlayotgan “Hindiston – Markaziy Osiyo” muloqotining vazirlar uchrashuvi kun tartibi yuzasidan fikr almashildi. Ushbu shakldagi uchrashuvga Afg‘oniston delegatsiyasi taklif etilgan.

Ta’kidlanganidek, Afg‘onistonning mintaqadagi iqtisodiy, transport va boshqa infratuzilma loyihalariga jalb etilishi afg‘on xalqiga ko‘p yillik qurolli mojarolarga tinch muqobil yo‘l mavjudligini his etish imkonini beradi.

Uchrashuvda vazirlar xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik ayrim masalalarni ham ko‘rib chiqdilar.

Suhbatda Afg‘oniston Elchisi Sayid Shahobuddin Timuriy ishtirok etdi.

 

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net