AFG?ONISTON TASHQI ISHLAR VAZIRI BILAN TELEFON ORQALI MULOQOT TO?G?RISIDA

24.12.2018 13:07

2018-yilning 24-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilovning Afg‘oniston Islom Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Salohuddin Rabboniy bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.


Suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning, mintaqadagi vaziyatning hozirgi holati yuzasidan hamda 2019-yil 12-13-yanvar kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan “Markaziy Osiyo – Hindiston – Afg‘oniston” shaklidagi tashqi ishlar vazirliklari rahbarlarining ko‘p tomonlama uchrashuvi kun tartibi to‘g‘risida fikr almashildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net