7-9-fevral kunlari O?zbekistonga Sloveniya hukumat delegatsiyasi tashrif buyuradi

05.02.2023 10:36

/“Dunyo” AA/. 7-fevral kuni Sloveniya Bosh vaziri o‘rinbosari − tashqi ishlar vaziri Tanya Fayon boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif bilan keladi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV maʼlumotiga ko‘ra, Sloveniya delegatsiyasi 7-9 fevral kunlari Tashqi ishlar vazirligi va boshqa hukumat tashkilotlarida uchrashuvlar o‘tkazadi hamda O‘zbekiston-Sloveniya biznes-forumida ishtirok etadi.

Bundan tashqari, Sloveniya TIV rahbari Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga tashrif buyurib, professor-o‘qituvchilar va talabalar bilan uchrashadi.

 

Sloveniya Tashqi va Yevropa ishlari vazirligi saytidan olingan surat

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net