/“Dunyo” AA/. Buxoro viloyatida umumiy quvvati 1 GVt bo‘lgan ikkita shamol elektr stansiyasi qurilayotir, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Energetika vazirligi maʼlumotiga ko‘ra, viloyatning G‘ijduvon va Peshku tumanlarida har birining quvvati 500 megavatt bo‘lgan 2 ta shamol elektr stansiyasi qurilmoqda.
Stansiyalar ishga tushirilganidan so‘ng yiliga 3,6 milliard kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi.
Natijada yiliga 1,1 milliard metr kub tabiiy gaz tejalishiga erishiladi.
Stansiyalar 2024 yilda ishga tushirilishi rejalashtirilgan.