2023 yili O?zbekistonda umumiy quvvati 2910,6 MVt bo?lgan 7 ta elektr stansiyasi ishga tushiriladi

03.02.2023 09:53

/“Dunyo” AA/. Mamlakatimizda joriy yil oxiriga qadar umumiy quvvati 2910,6 MVt bo‘lgan 7 ta elektr stansiyasi (1 ta IES, 1 ta shamol, 3 ta quyosh va 2 ta GES) ishga tushirilishi (yagona elektr tarmog‘iga ulanishi) rejalashtirilgan, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

O‘zbekiston Energetika vazirligi ularning8 ro‘yxatini eʼlon qildi. Ular quyidagilardir:

-         - Sirdaryo viloyatining Shirin shahri va Boyovut tumanlari hududida quvvati 1500 MVt bo‘lgan zamonaviy issiqlik elektr stansiyasi;

-         - Navoiy viloyatining Tomdi tumanida quvvati 500 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasi;

-         - Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida quvvati 457 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi;

-         - Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida quvvati 220 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi;

- Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida quvvati 220 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalari ishga tushirilishi (yagona elektr tarmog‘iga ulanishi) rejalashtirilgan.

Ahamiyatli jihati shundaki, ushbu elektr stansiyalari xorijiy kompaniyalar tomonidan 100 foiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar hisobiga amalga oshirilmoqda.

Samarqand viloyatida umumiy quvvati 13,6 MVt bo‘lgan 2 ta gidroelektr stansiyasi ishga tushiriladi. Shuningdek, To‘palang GES modernizatsiya qilinadi va uning quvvati amaldagi 30 MVtdan 175 MVtga (+145) oshiriladi.

Maʼlumot uchun: 2022 yilda umumiy quvvati 1474 MVt bo‘lgan 7 ta yangi elektr stansiyasi ishga tushirildi.

O‘zbekiston Energetika vazirligi  saytidan olingan surat

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net