2023-yil boshidan buyon O'zbekiston va Ozarbayjon o'rtasidagi tovar ayirboshlash 34 foizga oshdi

24.11.2023 01:33

/"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Boku shahriga amaliy tashrifi doirasida Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan muzokara o'tkazdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, Ozarbayjon yetakchisi O'zbekiston Prezidentiga BMTning Markaziy Osiyo iqtisodiyotlari uchun maxsus dasturi (SPEKA) birinchi sammitini qo'llab-quvvatlagani va unda shaxsan ishtirok etayotgani uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

 

Davlatimiz rahbari, o'z navbatida, Ozarbayjon Prezidentini SPEKAda muvaffaqiyatli raislik qilayotgani bilan tabrikladi.

 

O'zbekiston-Ozarbayjon do'stlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi, shu jumladan oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosi ko'rib chiqildi.

 

Tizim va samarali muloqotlar tufayli O'zbekiston-Ozarbayjon munosabatlari sifat jihatidan yangi darajaga ko'tarilgani, amaliy mazmun bilan boyigani mamnuniyat bilan qayd etildi.

 

Yil boshidan buyon tovar ayirboshlash 34 foizga oshdi. Avtomobilsozlik, elektrotexnika, to'qimachilik, energetika, qishloq xo'jaligi va ipakchilik tarmoqlarida kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Transport va logistika sohasida istiqbolli loyihalar tayyorlanmoqda.

 

Davlat rahbarlari o'zaro manfaatli hamkorlikning yangi yo'nalishlari yuzasidan ham fikr almashdilar. Kimyo, energetika, zargarlik, mashinasozlik, qurilish va boshqa yo'nalishlarda istiqbolli loyihalarni ilgari surish masalalari muhokama qilindi.

 

Madaniy-gumanitar almashinuvni yanada kengaytirish muhimligi qayd etildi.

 

Uchrashuv yakunida davlatimiz rahbari Ozarbayjon Prezidentini o'zi uchun qulay vaqtda rasmiy tashrif bilan O'zbekistonga borishga taklif etdi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net