2022 yilda O?zbekistonning Hamdo?stlik mamlakatlari bilan tovar ayirboshlashi uchdan bir hissaga ortdi, 1 mingdan ziyod qo?shma korxonalar tashkil etildi

26.12.2022 11:18

“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Sankt-Peterburg shahrida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin tashabbusi bilan o‘tkazilgan MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, sammitda Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov va Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan ham qatnashdi.

Joriy yildagi hamkorlik yakunlari sarhisob qilinib, bo‘lajak 2023 yil uchun ustuvor vazifalar muhokama qilindi. Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Bugungi kunda O‘zbekiston MDH doirasidagi hamkorlikni uch yo‘nalishda: siyosat va xavfsizlik borasida, iqtisodiy va gumanitar sohalarda rivojlantirmoqda.

MDH makonida to‘laqonli erkin savdo hududini shakllantirish va transport jihatidan o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash ustuvor vazifalardir.

Sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish, oziq-ovqat, energetik va ekologik xavfsizlikni taʼminlashga qaratilgan milliy dastur va strategiyalarni amalga oshirish bo‘yicha saʼy-harakatlarni birlashtirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Keyingi yillarda O‘zbekiston Hamdo‘stlik faoliyatidagi ishtirokini faollashtirdi, 40 dan ortiq ko‘p tomonlama bitimlarni imzoladi hamda MDHning 23 ta tarmoq organlariga qo‘shildi.

2022 yilda O‘zbekistonning Hamdo‘stlik mamlakatlari bilan tovar ayirboshlashi uchdan bir hissaga ortdi, 1 mingdan ziyod qo‘shma korxonalar tashkil etildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net